Qo'qon · har kuni 9:00–22:00 +998 77 016 59 63 Telegram
Bog'lanish

Daftar va Exceldan tizimga o'ting

Uztomic — Qo'qondagi dasturiy ta'minot studiyasi. Do'kon, o'quv markaz, klinika va kichik biznes uchun mobil ilova, sayt, CRM va Telegram bot qilamiz. Narx va muddat shartnomada qat'iy, kod esa sizniki.

24 soat ichida javob Har hafta ishlaydigan versiya 3 oy bepul qo'llab-quvvatlash
20daqiqada aniq narx

Biz — Qo'qondagi kichik, lekin jiddiy jamoa

Uztomic'ni Rahmatilloh Ganiyev boshlagan. Bugun studiya O'zbekistondagi bizneslar uchun mobil ilovalar, veb-platformalar, CRM tizimlar va avtomatlashtirish vositalarini yaratadi.

Biz mijoz bilan o'zbek tilida, tushunarli qilib gaplashamiz: avval muammoni eshitamiz, keyin ekranlarni ko'rsatamiz, so'ng kod yozamiz. Har hafta ishlab turgan versiyani qo'lingizga beramiz — loyiha qayerdaligini doim ko'rib turasiz.

O'zimizning mahsulotimiz ham bor: Uztomic CRM — do'konlar uchun kassa, ombor va nasiya tizimi. Shuning uchun biznes dasturi qanday ishlashi kerakligini nazariyadan emas, kundalik ishdan bilamiz.

Qat'iy narx va muddat

Ishlar ro'yxati, narx va topshirish sanasi shartnomaga yoziladi. Jarayonda narx oshmaydi.

Kod sizniki

To'liq to'lovdan keyin manba kodi, domen va Play Market/App Store akkauntlari sizga o'tadi.

Har hafta natija

Yarim yo'lda "hali tayyor emas" degan gap yo'q — har hafta ishlab turgan versiyani sinab ko'rasiz.

Ishga tushgandan keyin ham yoningizdamiz

3 oy bepul qo'llab-quvvatlash, xodimlaringizni o'qitish va kerak bo'lsa doimiy xizmat shartnomasi.

Nima qilamiz

Bitta muammo — bitta to'g'ri yechim. Kerak bo'lmagan narsani sotmaymiz.

Mobil ilova

Android va iOS uchun bitta koddan (Flutter). Oflayn rejim, push-bildirishnoma, to'lovlar, Play Market va App Store'ga joylash.

4–8 hafta

Sayt va platforma

Landing, katalog, onlayn do'kon, admin panel. Telefonda tez ochiladi, Google'da topiladi.

5 kundan

CRM va ERP tizim

Savdo, ombor, xodimlar, mijozlar, hisobotlar — biznesingiz jarayonlariga moslab.

2 oydan

Telegram bot

Buyurtma qabul qilish, yozilish, eslatmalar va hisobotlar — mijozlaringiz turgan joyda.

1–2 hafta

Avtomatlashtirish

Excel, 1C, to'lov tizimlari va boshqa xizmatlarni bog'lash. Qo'lda qilinadigan ishni dastur qiladi.

1 haftadan

Startap MVP

G'oyaning birinchi ishlaydigan versiyasi — keyin foydalanuvchilarga qarab rivojlantiramiz.

4–8 hafta

Bir daqiqada tushuntiramiz

Instagram'dagi qisqa videolarimiz: qaysi biznesga qanday dastur kerak, qancha turadi va qanday ishlaymiz.

Yangi videolar Instagram va Telegram'da: @uztomic · @uztomic_official

Qilgan ishlarimiz

Savdo, ishlab chiqarish, ta'lim va xizmat ko'rsatish sohasidagi 15 ta loyiha — mijozlar uchun va o'zimizning mahsulotlar.

Uztomic CRM

Tayyor do'kon tizimi: kassa, ombor, nasiya daftari, xodimlar va foyda hisoboti. Internet bo'lmasa ham ishlaydi, telefon va kompyuterda bir xil. Skaner va chek printeri bilan.

10 xil biznes uchun moslashadi:

KiyimOziq-ovqatSantexnikaAksessuarlarAvtoservisGul do'koniDorixonaElektronika va telefonKosmetikaAvto ehtiyot qismlar

Standart

150 000so'm / oy
  • 1 filial, 3 xodim
  • 4 000 tovar

Biznes

300 000so'm / oy
  • 2 filial + 1 ombor, 7 xodim
  • 8 000 tovar

Pro

500 000so'm / oy
  • 3 filial + 2 ombor, 16 xodim
  • 15 000 tovar, rasmlar, AI tahlil

Korporativ

1 070 000so'm / oy
  • 10 filial + 5 ombor, 130 xodim
  • 500 000 tovar

Loyihangiz narxini hozir biling

Nima kerakligini belgilang — taxminiy narx va muddat darhol chiqadi. Aniq narxni 20 daqiqalik bepul suhbatdan keyin shartnomaga yozamiz.

1. Nima qilamiz?
2. Qanday imkoniyatlar kerak?
3. Ishga tushgandan keyin

Qanday ishlaymiz

  1. Suhbat

    20 daqiqalik bepul qo'ng'iroq: muammo va maqsadni aniqlaymiz.

  2. Taklif

    Imkoniyatlar ro'yxati, muddat, qat'iy narx va shartnoma.

  3. Dizayn

    Ekranlarni siz tasdiqlaysiz, keyin kod yoziladi.

  4. Ishlab chiqish

    Har hafta ishlab turgan versiya va qisqa hisobot.

  5. Ishga tushirish

    Joylash, xodimlarni o'qitish va 3 oy bepul yordam.

Sizga beradigan va'dalarimiz

24 soat

Har qanday murojaatga birinchi javob.

50 / 50

To'lovning yarmi boshida, yarmi ish qabul qilingandan keyin.

100%

Manba kodi, domen va do'kon akkauntlari sizniki.

3 oy

Topshirilgandan keyin bepul tuzatish va yordam.

Ko'p beriladigan savollar

Dastur qancha turadi?

Hajmiga bog'liq. Landing 2 mln so'mdan, mobil ilova 6 mln so'mdan, katta platforma 12 mln so'mdan boshlanadi. Yuqoridagi kalkulyator taxminiy narxni ko'rsatadi, aniq narx suhbatdan keyin shartnomaga yoziladi.

Qancha vaqtda tayyor bo'ladi?

Landing 5–10 kun, ilova yoki MVP 4–8 hafta, katta platforma 8–14 hafta, korporativ tizim 2 oydan.

Kod va akkauntlar kimga tegishli bo'ladi?

To'liq to'lovdan keyin manba kodi, domen, server va Play Market/App Store akkauntlari to'liq sizniki.

Boshqa shahardaman — ishlay olamizmi?

Ha. O'zbekiston bo'ylab va chet eldagi mijozlar bilan Telegram, telefon va video qo'ng'iroq orqali ishlaymiz.

Tayyor do'kon dasturi bormi?

Ha, Uztomic CRM. Oyiga 150 000 so'mdan. Kiyim, oziq-ovqat, avtoservis, gul do'koni, dorixona va boshqa 10 xil biznes uchun moslashadi.

Boshqa jamoa qilgan dasturni davom ettirasizmi?

Ha. Kodni yoki do'kondagi havolani ko'rib chiqamiz, keyin tuzatish yoki rivojlantirish rejasini beramiz.

Biz bilan bog'lanish

Yozing yoki qo'ng'iroq qiling — 24 soat ichida javob beramiz. Birinchi suhbat bepul va hech narsaga majburlamaydi.

Xabaringiz to'g'ridan-to'g'ri bizga keladi, 24 soat ichida o'zimiz bog'lanamiz. Ma'lumotlaringiz faqat siz bilan bog'lanish uchun.